BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMADLAR TASNIFI VA TARKIBIY TUZILISHI
Abstrakt
Bugungi kunda xalqaro integratsiyalashuvning kengayishi dunyo mamlakatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tan olish va joriy qilishga bo‘lgan harakatlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Ma'lumki, tabiiy va iqtisodiy resurslar to‘laligicha hech bir davlatda mavjud emas. Qaysidir davlatda unisi, qaysidadir boshqa resurslarni topib bo‘lmaydi. Shu sababli ham davlatlar har doim bir-biri bilan xalqaro savdolarni amalga oshiradi. Bizning mamlakatimiz tabiiy va iqtisodiy resurslarga boy mamlakat hisoblanadi. Lekin mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jahon standartlariga to‘liq javob bera olmayapti va biz jahon iqtisodiyotida faol qatnasha olmayapmiz. Shu sababli ham hozirgi kunga kelib, xorijdan investorlar jalb qilish ishlariga kata e'tibor qaratilmoqda. Investor investitsiya kiritishi uchun esa jozibali investitsion muhit bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Jahonning rivojlangan davlatlari amaliyotida keng qo‘llanilayotgan, hamma investorlar uchun tushunarli bo‘lgan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish orqali investitsion muhitni shakllantirish va investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta'minlash muhimdir. Xalqaro standartlarga muvofiq, “Umumlashgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot” korxonaning moliyaviy natijasini ko‘rsatib beradi va bu investorlar uchun muhim ahamiyatga ega hisobot hisoblanadi