LAZER YORDAMIDA YUZANI QATTIQLASHTIRISH ORQALI METALL TISHLI G‘ILDIRAKLARNING YEYILISHGA QARSHILIK XUSUSIYATLARINI OSHIRISH
Abstrakt
Mazkur maqolada sirtni lazerli mustahkamlash (SLM) samaradorligi metall tishli g‘ildiraklarda yeyilishga bardoshlilikni oshirish usuli sifatida tadqiq etil-gan bo‘lib, ushbu usul an’anaviy toblash va induksion usullar bilan taqqoslangan. SLM jarayonida tishli g‘ildirak sirtini tezkor isitish uchun yuqori energiyali lazer nurlari-dan foydalaniladi. Buning natijasida qattiqlik va yeyilishga bardoshlilikni oshiruvchi mikrostrukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tajribalar ikkita JIS-SCM415 va JIS-S45C markali oddiy po‘lat tishli g‘ildirak, kerakli qattiqlik pro�iliga erishish uchun optimal-lashtirilgan lazer parametrlari yordamida o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi qattiqlashuv 1 000 Vt lazer quvvati, 100 mm/sekund skanerlash tezligi va 1 mm nuqta o‘lchami bilan olib borilganda, sirt qattiqligi 672 HV va yadro qattiqligi 502 HV miqdorga erishildi. Yeyilishga bardoshlilik sinovlarida lazerli mustahkamlangan tishli g‘ildiraklarning yeyilish tezligi yangi an’anaviy usulda ishlov berilgan tishli g‘ildirak-lar bilan taqqoslanganda, vazn yo‘qotish soatiga 10–12 mg miqdorni tashkil etdi. Tad-qiqot natijalariga ko‘ra, lazerli ishlov berish tishli g‘ildiraklarning yeyilishga bardosh-liligini sezilarli darajada yaxshilaydi, minimal buzilish va qattiqlashish chuqurligini aniq nazorat qilish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, tishli mexanizmlarning uzoq ishlashi va yaroqlilik muddatini oshirish uchun an’anaviy mustahkamlash usul-lariga qaraganda istiqbolli usullardan sanaladi