SPIROGRAF O‘LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK TA’MINOTI
Abstrakt
So‘nggi yillarda butun jahonda, xususan, sanoati rivojlangan va havo i�loslanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari ko‘payib bormoqda. Buning natijasida ishonchliligi, xavfsizligi, aniqligi va metrologik kuzatiluvchanligi ta’minlangan spirogra�lardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi spirograf o‘lchash vositasi metrologik ta’minotining ilmiy asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan qiyoslash uslubiyoti natijalarini taqdim etishdir. Tadqiqot spirograf o‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari va ularning aniqligiga qo‘yiladigan xalqaro talablarga asoslanadi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, spirograf o‘lchash vositasini qiyoslash uslubiyoti O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlandi va ro‘yxatga olindi. Bu esa, o‘z navbatida, spirograf o‘lchash vositalari ishonchliligi, xavfsizligi, aniqligi va metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlashga xizmat qiladi.