KORXONALARDA MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARI HISOBINING HOZIRGI HOLATI: MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Abstrakt
Jahonda davlatlar iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan korxonalarni modernizatsiyalashga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bunga sabab shundaki, korxonalarni modernizatsiyalash har qanday davlatda yalpi ichki mahsulot (YaIM), mehnat unumdorligi va samaradorligi, yaratilayotgan moddiy boyliklar sifati, raqobatbardoshligi va eksportbopligi, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili va garovi hisoblanadi. Korxonalarni modernizatsiyalashning umumdavlat ahamiyatiga molikligi ushbu muhim jarayonni miqdor jihatdan baholash va sifat jihatdan tavsiflash hamda nazorat qilish vositalari bo‘lgan hisob va auditni axborot foydalanuvchilari talablari asosida takomillashtirishni zarurat qilib qo‘ymoqda.