HUDUDLARDA AHOLINING JAMOAT TRANSPORTI BILAN QAMROVI VA HARAKATCHANLIGI DARAJASINI BAHOLASH
Abstrakt
Aholining transport bilan qamrov darajasini baholashni olimlar turli parametrlar bilan bog‘lagan. Shuningdek, hisoblash usullarida ham aholi soni, hudud zichligi, yo‘l va yo‘nalish tarmoqlari, bandlik darajasi va tashilgan yo‘lovchilar soni kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan. Maqolada aholining transport bilan qamrovi va ta’minlanganlik darajasini aholi bandligi, shahar hududi va aholi soniga bog‘liqlik bo‘yicha aniqlash usullari tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada hududlarda aholining jamoat transporti bilan qamrov darajasi va harakatchanligini belgilashdagi mavjud muammolar o‘rganilgan bo‘lib, O‘zbekiston sharoiti uchun aholining hududlar miqyosida transport bilan qamrovi va ta’minlanganlik darajasini aniqlash usulini takomillashtirish bo‘yicha tahlillar amalga oshirilgan. Transport bilan qamrov darajasini baholash aniqligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shaharlar va viloyatlar markazlarida aholining jamoat transporti bilan ta’minlanganlik darajasi statistik ko‘rsatkichlar yordamida baholangan va xulosalarda ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari past hududlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan