ASINXRON MOTOR STATOR TOKI NOSINUSOIDALLIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH UCHUN UCH FAZALI TOK O‘ZGARTKICH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada elektr energiyaning asosiy iste’molchisi bo‘lgan asinxron motor va uning aktiv, reaktiv quvvat iste’molining monitoring tizimi yoritilgan. Asinxron motorning stator chulg‘amida isrof bo‘ladigan turli xil isroflar-ning nazorat va boshqaruvida qo‘llaniladigan tok o‘zgartkich hamda datchiklarining solishtirma tahlili, afzallik va kamchiliklari keltirilgan. Shuningdek, ilk marotaba asinxron motorning reaktiv quvvat iste’moli monitoringi uchun uch fazali tokni kuchlanishga o‘zgartiruvchi tok o‘zgartkich qo‘llanilgan. Tok o‘zgartkich asinxron motor reaktiv quvvat iste’molining nazorat hamda monitoringi analitik ifodalar va graf modellar yordamida tushuntirib berilgan. Asinxron motorning reaktiv quvvat iste’molini monitoring qilish jarayonida asinxron motor stator chulg‘amidagi elektr va magnit jarayonlarning o‘zgarishi hamda ularning asosiy energetik ko‘rsatkichlari, quvvat koeffitsiyenti – cosφn hamda foydali ish koeffitsiyenti – ηn ta’sirlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada asinxron motorning reaktiv quvvatini monitoring qilish uchun taklif etilayotgan tokni kuchlanishga o‘zgartiruvchi tok o‘zgartkichni ketma-ket va parallel ulash orqali stator chulg‘amidagi nosinusoidallikning Furye tez konvertatsiyasi (FFT) shakli ishlab chiqilgan

How to Cite

Boixanov Zailobiddin Urazali o‘g‘li. (2024). ASINXRON MOTOR STATOR TOKI NOSINUSOIDALLIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH UCHUN UCH FAZALI TOK O‘ZGARTKICH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(3), 26–35. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/522
Ko'rishlar soni: 0