ELEKTR ENERGIYASI TIZIMIDAGI CHASTOTA O‘ZGARISHIGA SHAMOL ENERGIYASI O‘RNATISHNING SINTETIK INERSIYASI ROSTLAGICHLARI TA’SIRI
Abstrakt
Elektr tizimi ma’lum bir inersiyaga ega. Bu tizimning tezligi va yuzaga keladigan buzilishlarga javob berish imkoniyati bilan ifodalanadi. Agar energiya tizimida tashqi buzilishlar yuzaga kelsa, an’anaviy elektr stansiyalarining sinxron generatorlari rotorning aylanish tezligi o‘zgarishi vaqti bilan bog‘liq chiqish parametrlarini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan ko‘proq vaqt tufayli barqaror ish rejimini saqlab tura olsa, u holda REE (qayta tiklanadigan energiya manbalari) obyektlari ulangan quvvat konvertorlari parametrlarning o‘zgarishiga deyarli darhol javob beradi. Maqolada tashqi buzilishlar natijasida energiya tizimidagi tebranishlarning yumshatishga ta’sirini tahlil qilish uchun sintetik inersiya rostlagichi sxemasi keltirilgan. Sinxron generatori doimiy inersiyasining tizim chastotasi o‘zgarishiga ta’sirini aniqlashdan iborat bo‘lgan elektr tizimining ikki mashinali sinov sxemasi misolida yuklamani ko‘paytirish shaklida simulyatsiya amalga oshirildi. Doimiy inersiyaning katta qiymatlariga ega bo‘lgan birliklarning barqarorlikka ijobiy ta’siri vaqtinchalik rejimlarda chastotaning sekinroq pasayishi shaklida namoyon bo‘ladi. Maqolada, shuningdek, energiya tizimining 39 tugunli sinov sxemasi misolida sintetik inersiya rostlagichlari bilan jihozlangan shamol elektr stansiyalarining katta buzilishlar sharoitida tizim barqarorligiga ta’siri o‘rganildi.