BITTALIK VA IKKITALIK MANEVR SVETOFORLARI UCHUN MIKROPROTSESSORLI BOSHQARUV BLOKINI YARATISH
Abstrakt
Maqolada elektromagnit relelardan voz kechish, mikroelektron op-torelelar bilan almashtirilgan blok sxemasi tuzish, bittalik manevr svetoforlari uchun HMI mikroelektron elementlardan tashkil topgan mikroprotsessorli boshqa-ruv bloki ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqilgan. Blokning sxematik diagramma-si tahlil qilindi hamda qaysi elementlarni qaysi mikroelektron qurilmalar bilan al-mashtirish kerakligi aniqlandi. 5 ta rele sxemani o‘z ichiga olgan blokda relelar ish-chi holatga o‘tishdagi toklarning harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha elektr zanjirlari o‘rganildi. HMID blokidan quvvat oladigan tugmachali rele o‘rniga blok ishlashini tahlil qilish hamda qabul qilingan oqim kuchini hisoblash ushbu sxemada PVG-612 tipidagi optoreledan foydalanish zarurligini ko‘rsatdi. Izlanishlar natijasida ikkita DGU olish va blokning virtual modelini yaratishga erishildi. Biz yaratayotgan blok temiryo‘l teruvchi guruh bittalik va ikkitalik manevr svetoforlarini boshqaradi.