GIDROTEXNIK INSHOOTLARDA SUV HISOBINI RAQAMLASHTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Suv resurslarining aniq hisobini amalga oshirish, iste’molchiga kerakli suv miqdorini o‘z vaqtida yetkazib berish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Hozirda gidrotexnika inshootlaridan samarali foydalanishda innovatsion texnologiyalarning zarurati oshib bormoqda. Suv hisobini raqamlashtirishda turli xil qurilmalar mavjud bo‘lib, ulardan foydalanishda energiya, iqtisodiy texnologik muammolar qatorida gidravlik jihatlar ham alohida e’tibor talab etadi. Ma’lumki, gidrotexnik inshootlarda suv sarfi hisobini amalga oshirish va boshqarishda turli xil darvoza “zatvor”lardan keng foydalaniladi. Gidravlik nuqtayi nazaridan inshootlardagi darvozalardan suv o‘tishi ancha murakkab jarayon. Suv sathini nazorat qilish va о‘lchash uchun kо‘p funksiyali qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Mazkur maqola gidrotexnik inshootlardan o‘tayotgan suv sarfini aniqlashni raqamlashtirishga qaratilgan. Gidrotexnik inshootlar zatvorlari ostidan o‘tayotgan suv sarfini aniqlashda ham yuqori b’efdagi, ham pastki b’efdagi jarayonlarni inobatga olib, suv hisobini raqamlashtirishning gidravlik modeli ishlab chiqilgan. Gidrotexnik inshootlar zatvorlarining yuqori va pastki b’eflarida suv sathi o‘zgarishini vertikal harakatlanadigan yassi gidrotexnik zatvor ko‘tarilishiga bog‘liq ravishda aniqlashning hisoblash usuli tavsiya etildi. Gidrotexnik inshoot zatvorlarida suv sathi va sarfini nazorat qilish hamda о‘lchashni boshqarish tizimining strukturaviy sxemasi ishlab chiqildi.

How to Cite

Tojiboyev Suhrobxon Ja’far o‘g‘li, & Jo‘raboyev Ismoiljon Ilhomovich. (2024). GIDROTEXNIK INSHOOTLARDA SUV HISOBINI RAQAMLASHTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR . ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(3), 93–109. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/535
Ko'rishlar soni: 11