KO‘ZI OJIZ INSONLAR UCHUN SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN YORDAMCHI TIZIM

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlarga qulaylik yaratish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, yordamchi tizim ishlab chiqish masalasi o‘rganilgan. Ushbu tizim obyektlarni tanib olish, to‘siqlargacha bo‘lgan masofani o‘lchash va matnlarni aniqlash kabi vazifalarni bajaradi. Obyektlarni tanib olish va to‘siqlar masofasini o‘lchashda mashinali o‘qitish, tasvirdagi matnlarni aniqlashda optik belgilarni aniqlash hamda olingan natijalarni ovozli ifodalashda matnlarni tahlil qilish algoritmlaridan foydalanildi. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlarning atrof-muhitni anglashi, insonlar bilan muloqot qilishi va mustaqil harakatlanishiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faoliyatini yaxshilash asosiy maqsad hisoblanadi. Ko‘zi ojiz insonlar uchun foydalanishga qulay, arzon va o‘zbek tilida natijalarni bayon qiluvchi dasturiy vositalar ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. Ishlab chiqilgan algoritmlar yordamida obyektlar va matnlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari mos ravishda 92,16 va 99,87 %ni tashkil qildi. To‘siqlar masofasini o‘lchashning mobil ilovaga nisbatan maksimal og‘ish darajasi 6,32 %ni tashkil etdi. Bunday natijalar shuni ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan yordamchi tizim tijorat qurilmalari kabi ishonchli ko‘rsatkichlar taqdim etadi. Bundan tashqari, ko‘rish qobiliyati zaif insonlarning xavfsizligiga foyda keltiradigan kundalik hayotning asosiy talablariga javob beradi.

How to Cite

Umarov Muhriddin Abduxalil o‘g‘li. (2024). KO‘ZI OJIZ INSONLAR UCHUN SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN YORDAMCHI TIZIM. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(2), 25–35. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/538
Ko'rishlar soni: 2