G‘O‘ZA KO‘SAKLARI OCHILISHIDA XORIJIY VA MAHALLIY DEFOLIANTLARNING AHAMIYATI
Abstrakt
Xorijiy Ento-Defol defoliantining g‘o‘zani sun'iy bargsizlantirish uchun g‘o‘za ko‘saklari 30-40% ochilganda, gektar hisobiga 0,200 l/ga me'yori qo‘llanilganda, barglar to‘kilishi qolgan variantlarga nisbatan yuqori natija ko‘rsatdi. Mahalliy FanDEF-a'lo defoliantining 7,0 l/ga me'yori qo‘llanilgan variantida esa qolgan variantlarga nisbatan samaradorligi yuqori bo‘ldi. G‘o‘za ko‘saklari ochilishida qaysi defoliantni qo‘llash yaxshi samara berishi yoritilgan. Defoliatsiyaning ikkinchi (50-60% ko‘saklar ochilganda) muddatida defoliantlar samaradorligi yuqori bo‘lib, ko‘saklarning ochilish foizi birinchi muddatga nisbatan yuqoriligi sababli hosildorlik ham oshiqcha bo‘lib, buning evaziga esa rentabellik 1,1-5,1% ga oshdi. S-8290 g‘o‘za navi S-6775 g‘o‘za naviga nisbatan 10-15 kunga erta yetilishi evaziga uning barcha ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi, lekin har ikki g‘o‘zaning barg plastinkasida katta farq bo‘lmaganligi bois qo‘llanilgan defoliantlarning me'yorida ham farq kuzatilmadi.