MASHINALI O‘QITISHNING TASNIFLASH ALGORITMLARI YORDAMIDA MINTAQALAR KESIMIDA EKINLARNI TANLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida hududlar va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, keyingi mavsum uchun ekilishi mumkin bo‘lgan ekin turini tanlashda ko‘maklashuvchi tizim ishlab chiqish maqsadida mashinali o‘qitish algoritmlari asosida bashorat qilish yondashuvi bo‘yicha tadqiqot olib borilganligi va uning natijalari o‘z aksini topgan. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt modelini yaratish algoritmlarining asosiy matematik mohiyati, asosiy tushunchasi va giperparametrlari o‘rganilib, tadqiqot uchun tanlangan ma’lumotlar to‘plamidan foydalangan holda, har bir model tahlil qilindi va kerakli natijalar olindi. Olingan natijalar F1-reyting, Recall, Accuracy kabi bir qator metrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshqa algoritmlar natijalari bilan taqqoslandi. Tasniflash algoritmlarini o‘rganish jarayonida ushbu algoritmlarning qanday masalalar uchun eng samarali ekanligi ham ko‘rib chiqildi hamda maqolada bu yo‘nalishda aniq sharhlar keltirildi. Tadqiqot natijalarining taqqoslashlar tahlillari aniq vizualizatsiya bo‘lishi maqsadida Python dasturlash tilida dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. Qolaversa, natijalar bo‘limida har bir kirish va chiqish atributi o‘rtasidagi bog‘liqlik grafik ko‘rinishida ifodalandi

How to Cite

Raximov Nodir Odilovich, & Xasanov Dilmurod Rasul o‘g‘li. (2024). MASHINALI O‘QITISHNING TASNIFLASH ALGORITMLARI YORDAMIDA MINTAQALAR KESIMIDA EKINLARNI TANLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(2), 36–47. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/540
Ko'rishlar soni: 30