TRIKOTAJ MATOLARIGA YUMSHOQLIK BERISH TEXNOLOGIYASI
Abstrakt
Trikotaj polotnolaridan tayyor kiyim tikish jarayonida matoning teshilishi muammoli holatlardan sanaladi. Bu holat, odatda, trikotaj polotnosidagi iplar uzilishi natijasida vujudga keladi. To‘qimachilik materiallarida iplarning uzilishi esa tikish jarayonida matodagi alohida iplarning to‘liq yoki qisman buzilishi orqali ifodalanadi. Matoning teshiluvchanligi yaqqol ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan turlarga bo‘linib, ularni turli kompozitsiyalar yordamida ishlov berish orqali bartaraf etish mumkin. Ushbu ilmiy ishda trikotaj matolariga kationaktiv sirt faol modda, amino modifikatsiyalangan silikon yog‘i – 350, amino modifikatsiyalangan silikon yog‘i – 200, DMC li amino modifikatsiyalangan silikon yog‘i – 350 va silikon asosidagi yumshatgichlarni qo‘llash imkoniyatlari o‘rganilgan. Trikotaj matosini tikish jarayonidagi teshiluvchanligiga turli yumshatgichlar bilan ishlov berishning o‘zgaruvchan omillari ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan tajriba natijalariga ko‘ra, chet eldan keltirilgan silikon asosidagi yumshatgich va mahalliy amino modifi katsiyalangan silikon yog‘i – 350 dan foydalanish tavsiya etilgan. Tajriba natijalari bo‘yicha trikotaj polotnolariga tanlangan yumshatgichlar bilan “yumshatish” yakuniy pardoz berish jarayonining texnologik tartib va tarkibi ishlab chiqilgan. Unga asosan, yumshatgich eritmasiga shimdirilgan matoga 140 0 C haroratda 5 daqiqa davomida termik ishlov berish maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rsatilgan.