TAYANCH VEKTORLAR USULIDAN FOYDALANIB, O‘PKA SARATONI KASALLIKLARINI TASNIFLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

O‘pka saratoniga chalinganlar ulushi onkologik kasallik turlari orasida eng katta ko‘rsatkichlarni tashkil etmoqda. Ushbu tur saraton kasalligiga chalingan bemorlar o‘limi onkologik kasalliklar tufayli vafot etayotganlarning 18 foizini tashkil etayotganligi bu borada tadqiqot olib borish zarurligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda ham yildan-yilga o‘pka saratoniga chalingan bemorlar hamda mazkur kasallik asoratlaridan vafot etayotganlar soni ortib borayotgani buning yaqqol misolidir. Mazkur maqolada tayanch vektorlar usuli yordamida bemorlardagi o‘pka saratoni kasalligiga chalinish darajasini tasniflash masalasi ko‘rib chiqilgan. O‘quv tanlanma uchun kaggle.com saytidan olingan etalon ma’lumotlardan foydalanilgan. Tadqiqot usuli sifatida tanlangan tayanch vektorlar usulining asosiy bosqichlari atroflicha yoritilgan. Kasallikka chalinish darajalarining tasniflash natijalari jadval va grafiklar asosida keltirilgan. Xulosa o‘rnida tayanch vektorlar usuli nafaqat turli sohalar, balki tibbiyot sohasida ham qo‘llanilishi ijobiy yechim bo‘la olishi isbotlangan. Bundan tashqari, tadqiqotda foydalanilgan o‘quv tanlanma ham real jarayonga tatbiq etishga loyiqligi ta’kidlangan.

How to Cite

Xudayberdiyev Mirzaakbar Xakkulmirzayevich, Achilov Bahodir Saydullayevich, & Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘li. (2024). TAYANCH VEKTORLAR USULIDAN FOYDALANIB, O‘PKA SARATONI KASALLIKLARINI TASNIFLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(1), 8–20. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/550
Ko'rishlar soni: 7

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari