YANGI ASSORTIMENTDAGI PLASHBOP MATONING O‘RILISHINI TADQIQ QILISH
Abstrakt
Ushbu maqolada respublikamizdagi paxta tolali plashbop matolar ishlab chiqaradigan korxonalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Plashbop matolarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, u turli aralash tarkibli plashbop matolar ishlab chiqarishning nazariy asoslari bosqichida o‘z yechimini topganligi aniqlangan.
To‘quv dastgohida mato ishlab chiqarish jarayonida tanda va arqoq iplari o‘zaro bosim ostida shakllanadi. Plashbop matolar variantlarini ishlab chiqish uchun chiziqli zichligi 50 teksli tanda va arqoq iplaridan foydalanildi. Shuningdek, maqolada “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi to‘quv korxonalarida plashbop matolar ishlab chiqarish hajmi keltirib o‘tilgan; tabiatdagi tolalarning sterillik darajasi o‘rganilgan; plashbop matolar ko‘rsatkichlari, fizik-mexanik xususiyatlari, to‘qilish usullari, tolaviy tarkibi haqida fikr yuritilgan; to‘quv dastgohida tanda va arqoq iplari tarangliklarining optimal qiymatini aniqlash natijasida plashbop matolardagi iplarning egilish balandliklari nazariy asoslangan.