SUV OMBORLARINING ISH REJIMIGA BUG‘LANISH TA’SIRINI BAHOLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Global iqlim o‘zgarishi natijasida mintaqadagi muzliklar erib, so‘nggi 50–60 yil davomida 30 foizga qisqargan. Tahlillar iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv taqchilligini yanada keskinlashtirishi, 2000-, 2008-, 2011-, 2014- va 2018-yillardagi kabi qurg‘oqchilikning davomiyligi va davriyligi ko‘payishiga olib kelishi hamda iqtisodiyotning suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, suv omborlarida bo‘ladigan bug‘lanish bir nechta omillarga bog‘liq.
Maksimal suv hajmining yig‘ilgandagi vaqti havo haroratining ko‘tarilgan vaqtiga to‘g‘ri kelishi maksimal bug‘lanish bo‘lib, bu suv ombori gidrologik ish rejimi o‘zgarishiga olib kelmoqda. Havo haroratining keskin ko‘tarilishi hamda shamol ta’sirini inobatga olib, 2018-yil va 2022-yillar davomida yilning aprel, may va iyun oylaridagi bug‘lanish jarayoni o‘rganildi. Tadqiqotlarni olib borishda tabiiy dala kuzatuv va o‘lchov ma’lumotlari hamda empirik formulalar orqali aniqlangan.
Suv ombori kosasidan bo‘layotgan bug‘lanish suv sathi, havo harorati va shamol tezligiga bog‘liq holatda turli oylarda har xil natija ko‘rsatdi. B.D. Zaykov formulasi natijalariga ko‘ra, suv sathi yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘lgan aprel oyida o‘rtacha bug‘lanish miqdori E0 = 159,7 mm dan E0 = 168 mm gacha, A.Z. Braslavskiy va P.A. Vikulina formulalari natijalarida esa bu ko‘rsatkich Ev= 225,8 mm dan Ev = 243,6 mm gacha ortib bordi. Tahlillar yildan yilga suv omborlaridagi bug‘lanish miqdori ortib borayotgani, bu esa suv omborlarining gidrologik ish rejimi o‘zgarishiga olib kelishini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotlarda bug‘lanish miqdori ortishiga, asosan, havo haroratining ko‘tarilishi sabab bo‘layotgani aniqlandi

How to Cite

Xoshimov Sardorbek Ne’matjon o‘g‘li. (2024). SUV OMBORLARINING ISH REJIMIGA BUG‘LANISH TA’SIRINI BAHOLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 7(1), 94–104. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/558
Ko'rishlar soni: 0

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari