MIS SANOATI TEXNOGEN CHIQINDILARIDAN PLATINA VA PALLADIY AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ QILISH
Abstrakt
Bugungi kunda O‘zbekiston sharoitida “OKMK” AJ tasarrufidagi kam miqdorda nodir metallar saqlagan texnogen chiqindilarni qayta ishlash hamda ulardan nodir va qimmatbaho metallar ajratib olishning kompleks texnologiyasi mavjud emas. “OKMK” AJ tarkibidagi platina, palladiy va rodiy tarkibli texnogen chiqindilarining mavjudligi kombinatni bir necha yilga rudani qayta ishlamasdan, chiqindilarni qayta ishlash hisobiga ishlab chiqarish sanoatini amalga oshirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada metallurgiya chiqindilarini boyitish mahsulotlarini birlashtirish hamda sanoat chiqindilaridan platina va palladiyni mis qizil shlamlaridan ajratib olish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, platina va palladiyni tanlab eritish usullarining samaradorligi aniqlanadi, platina guruhi metallarini eritish, qayta tiklash usullari va ularni turli zararli qo‘shimchalardan tozalash usullariga alohida e’tibor beriladi. Tadqiqotlar natijasida ko‘p bosqichli tozalovchi qayta ishlash jarayonlari bilan platina va palladiy ajratib olishning chuqur gidrometallurgik kompleks texnologiyasi ishlab chiqildi.