Fe-Cr-C QOTISHMALARIDA XROM MIQDORINING KRISTALLANISH JARAYONI, FAZAVIY TASHKIL ETUVCHILAR MORFOLOGIYASI VA ABRAZIV YEYILISHGA TA’SIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Jahonda yiliga 555,6 teravatt-soat energiya yeyilgan mashina qismlarini qayta tiklash, almashtirish va yeyilish natijasida buzilish ehtimoli bo‘lgan qismlarni zaxirada saqlash uchun sarflanadi. Tog‘-kon sanoatida eng ko‘p energiya iste’moli uchun sarflanadigan mablag‘lar ma’danlarni maydalash (33 %), tashish (24 %), ventilatsiya tizimi (9 %) va qazib olish (8 %) ulushiga to‘g‘ri keladi.
Mashinasozlik sanoatining hozirgi kundagi asosiy vazifalaridan biri tez yeyiluvchi mashina detallarining ishlash muddatini oshirishdir. Ushbu tadqiqotda turli miqdordagi xromli oq cho‘yanlar strukturasiga termik ishlov berishning ta’siri tahlil qilindi. Strukturadagi o‘zgarishlarni kuzatish va uning yeyilishga bardoshliligini oshirish uchun quyma materiallarga termik ishlov berildi. Termik ishlov berish quyidagi tartibda amalga oshirildi: 1) toblash – har bir materialning ikkita namunasi 1 soat davomida 1000 oC harorat oralig‘ida ushlab turildi va moy bilan sovitildi; 2) bo‘shatish – 200 oC haroratda 2 soat davomida ushlab turildi va xona haroratida sovitildi. Bundan tashqari, quyma namunalarning mikro strukturasini o‘rganish va ularning termik ishlov berish jarayonidan keyingi holatini solishtirish uchun har bir materialdan olingan namunalar quyma holida qoldirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, Cr miqdori 31 % bo‘lgan va termik ishlov berilib, moy bilan sovitilgan namuna eng yaxshi xususiyatlarni ko‘rsatdi. Eng yomon ko‘rsatkichlar esa Cr miqdori 28 % bo‘lgan, termik ishlov berilgan va havoda sovitilgan namunada qayd etildi.

How to Cite

Egamberdiyev Ilhom Pulatovich, Hamroyev Nurbek Nurilloyevich, Ashurov Xisrav Xurshid o‘g‘li, & Saibov Ma’ruf Farxadovich. (2025). Fe-Cr-C QOTISHMALARIDA XROM MIQDORINING KRISTALLANISH JARAYONI, FAZAVIY TASHKIL ETUVCHILAR MORFOLOGIYASI VA ABRAZIV YEYILISHGA TA’SIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(1), 38–48. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/562
Ko'rishlar soni: 63

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari