PAXTA XOMASHYOSIDAGI MAYDA VA OG‘IR ARALASHMALARNI AJRATIB BERUVCHI QURILMA YARATISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Og‘ir aralashmalarni tutib qoluvchi yangi jihoz chigitli paxta xomashyosidagi mayda va yirik jismlarni ajratish samaradorligini ikki barobarga oshiradi hamda paxta urilish qismlariga shikast yetish xavfini yo‘qotadi. Qurilmaning ishchi qismida joylashgan cho‘ntaklar og‘ir aralashmalarni tashqariga chiqarib yuboruvchi plastinkalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular avtomatik ochilib, yopiladi va havo kirishining oldini oladi. Qurilma sun’iy intellekt yordamida smartfon va kompyuter orqali boshqariladi, bu esa og‘ir ifloslantiruvchi moddalarni olib tashlashni yanada qulaylashtiradi. Ishchi yuzaga o‘rnatilgan prujinali plastinka paxta urilishi jarayonida shikastlanishlarga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu qurilma paxta tozalash korxonalarida tozalikni ta’minlaydi, chigitdan tola ajratuvchi qurilmalarning ish faoliyatini yaxshilaydi va quritish jihozlarini yong‘indan himoya qiladi. Bundan tashqari, paxta, tola va chigitlar shikastlanishining oldini oladi.

How to Cite

Rayimjonov Mirzavali Botirali o‘g‘li, & Sidikov Akbarxon Xojiaxmadxonov. (2025). PAXTA XOMASHYOSIDAGI MAYDA VA OG‘IR ARALASHMALARNI AJRATIB BERUVCHI QURILMA YARATISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(1), 56–68. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/564
Ko'rishlar soni: 15