SHAXTA SHAROITIDA NASOS QURILMALARINING ISH REJIMINI AVTOMATLASHTIRISH EVAZIGA ENERGIYA VA RESURS TEJAMKORLIKNI OSHIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada konchilik korxonalarida qo‘llanadigan markazdan qochma nasos qurilmalarini avtomatlashtirish orqali ularning energiya va resurs tejamkorligini oshirish imkoniyatlari o‘rganilgan. Avtomatlashtirilgan tizimli nasos qurilmalaridan shaxta va ochiq konchilik karyerlarida foydalanish jarayonida energiya hamda resurs tejamkorlikka erishish, avariya holatlarini kamaytirish, insonlar va texnikalar uchun qulay va nam bo‘lmagan sharoitlar yaratish imkoniyati yuzaga keladi. Maqolada nasos qurilmalarini avtomatlashtirish orqali boshqarish, shaxtalarda energiya sarfini kamaytirish va resurs tejamkorligini optimallashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Shaxtalarda nasoslar turli operatsion sharoitlarda ishlashi kerak, bu esa ularning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomatlashtirish orqali nasos qurilmalarining ish rejimlari aniq belgilangan parametrlar asosida boshqariladi. Bu esa energiyani tejash, mexanik va elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada avtomatlashtirish tizimlarining shaxta ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga ta’siri, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarini kamaytirishdagi o‘rni hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, maqolada nasos qurilmalarining boshqaruv tizimlarida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ularning integratsiyasi va avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida energiya resurslaridan foydalanishning ekologik jihatlari muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, shaxta nasos qurilmalarini avtomatlashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslarni tejash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Shu bilan birga, maqolada Zarmitan shaxtasi real ish jarayonida olib borilgan amaliy tajribalar va ulardan olingan xulosalar taqdim etilgan. Ushbu tadqiqot konchilik sanoatida shaxta suv chiqarish qurilmalarini avtomatlashtirish tizimlarining o‘rni, foydali va iqtisodiy samaradorligi haqida keng qamrovli ma’lumotlar beradi.

How to Cite

Xamzayev Akbar Abdalimovich, Usmonov Maftunjon Zohidjon o‘g‘li, & Sharopov Djurabek Djabbarovich. (2025). SHAXTA SHAROITIDA NASOS QURILMALARINING ISH REJIMINI AVTOMATLASHTIRISH EVAZIGA ENERGIYA VA RESURS TEJAMKORLIKNI OSHIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(1), 84–93. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/566
Ko'rishlar soni: 28