IP TURI, RANGI ASOSIDA TRIKOTAJ MATO VA MAHSULOTLAR ASSORTIMЕNTINI KЕNGAYTIRISHNING RЕSURSTЕJAMKOR TЕXNOLOGIYASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

To‘qimachilik sanoati ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, iqtisodiyot va aholi ehtiyojlarini qondirishda muhim o‘rinlardan birini egallaydi. So‘nggi yillarda mavjud texnologik quvvatlardan, turli xomashyodan samarali foydalanish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.
Maqolada har xil tur, rangli yakka iplar va/yoki yigirilgan iplardan uzluksiz chiziqli melanj effekti bilan trikotaj ishlab chiqarish usulining o‘ziga xosligi ochib berilgan hamda ishlab chiqarish sharoitida olingan namunalarning taxlash va texnologik ko‘rsatkichlari berilgan. Melanj naqsh samarasiga erishishning yangi usuli barcha ko‘ndalangiga o‘rilgan trikotaj, jumladan, glad, futer va aralash futer o‘rilishlarda ham foydalanilishi mumkinligi amaliy asoslangan. Mazkur usul trikotaj mato va mahsulotlar ishlab chiqarishda keng foydalanilayotgan barcha o‘rilishlar assortimentini ko‘paytiradi hamda har xil tur, rangli iplar asosida melanj naqsh samarali ichki, yengil ustki va boshqa trikotaj mahsulotlari turlarini kengaytirishga zamin yaratishi amaliy yechimlar asosida isbotlangan

How to Cite

Rahimov Farhod Xushbakovich, Sherqulov Umar Do‘sbek o‘g‘li, & Mamatova Nodira Ismailovna. (2025). IP TURI, RANGI ASOSIDA TRIKOTAJ MATO VA MAHSULOTLAR ASSORTIMЕNTINI KЕNGAYTIRISHNING RЕSURSTЕJAMKOR TЕXNOLOGIYASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(1), 94–103. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/567
Ko'rishlar soni: 29