YANGI TURDAGI TIBBIYOT BINTLARI UCHUN XOMASHYO XUSUSIYATLARI TADQIQI
Abstrakt
Mazkur maqolada tibbiyot binti ishlab chiqarish uchun xom ipakdan eshilgan iplarni tayyorlash texnologik jarayonlari ketma-ketligi keltirilgan. Xom ipakning bir nechtasini qo‘shib eshish uchun avval iplar g‘altakka qayta o‘ralgan. Xom ipakni qayta o‘rashdan oldin yopishgan joylari ko‘zdan kechirilib, kalavalar yopishgan joylar kamligi hisobiga ulardan emulьsiya tayyorlangan va purkash usuli bilan yumshatilgan. So‘ng xom ipakka dam berilib, Yapon tizimida ishlab chiqarilgan yangi MT-85 dastgohida ikki gardishli g‘altaklarga qayta o‘rab olingan. Dastgohning ishlash printsiplari va texnologik chizmalari keltirilgan. 2,33 teksli xom ipakning 3 tasini qo‘shib, chap tomonga eshilgan S 350 br/m, 3,23 teksli xom ipakning 8 tasini qo‘shib, chap tomonga eshilgan S 500 br/m berilgan. Buram berish jarayoni TKM-8 qo‘shib eshish dastgohida olib borilgan. Ushbu dastgoh haqida to‘liq ma'lumotlar keltirilgan. Tayyor bo‘lgan eshilgan iplar buramlarini muvozanatlash Yaponiyaning SC-750 dastgohida bajarilgan. Tadqiqot natijalari asosida eshilgan iplarning chiziqli zichligi, uzilish kuchi, chiziqli zichligi bo‘yicha variatsiya koeffitsiyenti, uzilishgacha cho‘zilishi, buramlar soni va yo‘nalishi, buramlar bo‘yicha variatsiya koeffitsiyentlari keltirilgan.