FLOTATSIYALASH JARAYONIDA DEPRESSURIZATSIYA NATIJASIDA HOSIL BO‘LGAN MIKRO-NANO PUFAKCHALARNING XALKOPIRIT ZARRALARIGA TA’SIRI
Abstrakt
Ushbu maqolada sulfidli mis rudalarini boyitish jarayoni samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan. Buning uchun bo‘tana (suvli aralashma) tarkibida mikro va nano o‘lchamdagi pufakchalar hosil qilish usuli qo‘llangan. Mazkur yondashuv mayda zarrali minerallarning ajralish sifatini yaxshilaydi va kimyoviy reagentlar sarfini kamaytirishga yordam beradi. Tadqiqot davomida bosimni pasaytirish (depressurizatsiya) orqali bo‘tana tarkibidagi gazni chiqarish natijasida hosil bo‘ladigan mikro-nano pufakchalarning xususiyatlari va kollektor (kimyoviy reagent) ta’siri o‘rganilgan. Mikroflotatsiya tajribalari shuni ko‘rsatadiki, oldindan havosizlantirish jarayoni xalkopirit minerali ajralishini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, mikro-nano pufakchalar hosil bo‘lgandan keyin kollektor minerallarga emas, balki ushbu pufakchalar yuzasiga adsorbsiyalanadi. Bu esa mayda xalkopirit zarrachalari birikishini osonlashtirib, flotatsiya jarayonida ularning katta pufakchalarga yopishish ehtimolini oshiradi. Bundan tashqari, natriy dietil ditiokarbamat kollektorining xalkopirit minerali yuzasiga adsorbsiya bosim pasaygandan keyin ham saqlanib qoladi. Shunday qilib, mikro-nano pufakchalar kollektor miqdori kamaygan taqdirda ham mayda xalkopirit zarrachalari flotatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqot mineral boyitish jarayonlarida mikro-nano pufakchalar ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.