110G13L PO‘LATINING MIKROSTRUKTURAVIY TUZILISHI VA MEXANIK XOSSALARIGA TERMIK ISHLOV BERISHNING TA’SIRI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

110G13L po‘latiga termik ishlov berish uning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Yuqori marganesli austenitli po‘lat 1050–1150 °C oralig‘ida o‘tkazilgan toblashdan keyingina kerakli xossalarga ega bo‘ladi. Termik ishlov berishning asosiy maqsadi karbid fazalarini eritish, austenit strukturasini barqarorlashtirish va mexanik xossalarini oshirishdan iborat. Biroq keyingi qizdirish karbid birikmalarining ajralib chiqishiga olib keladi, bu esa po‘latning ishqalanishga bardoshliligini pasaytiradi. Rentgenostrukturaviy tahlil tadqiqotlari 600 °C dan yuqori haroratlarda α-faza mavjudligini aniqladi. Bu esa sovitish paytida sodir bo‘ladigan fazaviy o‘zgarishlarni tasdiqlaydi. Po‘lat mikrostrukturasiga marganesning ta’siri sezilarli bo‘lmadi. Uglerodning ko‘payishi esa mustahkamlik xususiyatlari oshishiga yordam beradi. G‘ovaklik va darzlar kabi quyma nuqsonlar po‘latning mexanik xususiyatlariga, ayniqsa, dinamik yuklamalarda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kimyoviy tarkibni optimallashtirish va xrom, vanadiy kabi elementlar bilan legirlash zarbiy qovushqoqlik va yeyilishga chidamlilikni oshirish imkonini beradi. Modifikatorlarni kiritish qotishma strukturasini yaxshilaydi, ammo bu usullarni sanoatda qo‘llash qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladi. 110G13L mahsulotlariga ishlab chiqarish jarayonida termik ishlov berish asosiy bosqich bo‘lib qolmoqda, ammo bu quyish nuqsonlarini to‘liq bartaraf etmaydi. Bu esa texnologik jarayonlarni yanada takomillashtirishni talab qiladi.

How to Cite

Egamberdiyev Ilhom Pulatovich, Yaxshiyev Sherali Namozovich, Ashurov Xisrav Xurshid o‘g‘li, & Hamroyev Nurbek Nurilloyevich. (2025). 110G13L PO‘LATINING MIKROSTRUKTURAVIY TUZILISHI VA MEXANIK XOSSALARIGA TERMIK ISHLOV BERISHNING TA’SIRI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(2), 72–80. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/583
Ko'rishlar soni: 36

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari