TOVUSH BALANDLIGINI O‘LCHASH VOSITALARINI IEC 61672-3:2013 XALQARO STANDARTI TALABLARI ASOSIDA KALIBRLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada tovush balandligini o‘lchash vositalarini IEC
61672-3:2013 xalqaro standarti talablari asosida kalibrlash jarayoni va uning ahamiyati chuqur tadqiq etilgan. Tovush bosimi balandligini aniq o‘lchash atrof-muhitni monitoring qilish, sanoatda shovqin nazorati, sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligi sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tovush balandligini o‘lchash vositalarining akustik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talablariga muvofiq kalibrlash jarayonini tahlil qilishdan iborat. Maqolada tovush balandligini o‘lchash vositalarini kalibrlashning nazariy asoslari, o‘lchash usullari va hisoblash formulalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, o‘lchashlarning noaniqligini tashkil etuvchi komponentlar (akustik multifunksional kalibrator, tovush balandligini o‘lchash vositasi va uning mikrofoni bilan bog‘liq tashkil etuvchilar) keltirilgan. O‘lchashlar noaniqligi vizual usul yordamida tahlil qilingan va tashkil etuvchi noaniqliklarining umumiy arifmetik yig‘indisiga nisbatan foiz ulushlari aniqlangan. Tadqiqot 450924 zavod raqamli “Ассистент” modelidagi tovush balandligini o‘lchash vositasi “МК 265” mikrofon modelidan foydalangan holda olib borılgan. Olingan natijalar asosida o‘lchash noaniqligiga eng ko‘p va eng kam ta’sir ko‘rsatgan komponentlar aniqlanib, noaniqlikni yaxshilash va o‘lchash jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

How to Cite

Muxammad Aminov Axmadbek Dilshodbek o‘g‘li. (2025). TOVUSH BALANDLIGINI O‘LCHASH VOSITALARINI IEC 61672-3:2013 XALQARO STANDARTI TALABLARI ASOSIDA KALIBRLASH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(2), 81–91. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/584
Ko'rishlar soni: 3