OTSILOGRAFLARNI KALIBRLASH NATIJALARINI LABORATORIYALARARO SOLISHTIRISH
Abstrakt
Laboratoriyalararo solishtirish natijalari kalibrlash laboratoriyalari malakasini ko‘rsatadi hamda laboratoriyalar tomonidan o‘tkaziladigan o‘lchashlar va kalibrlash ishlari sifatini ta’minlaydi. Bundan tashqari, laboratoriyalararo solishtirish laboratoriyalarda ISO/IEC 17025 talablariga asoslangan menejment tizimi joriy etilganligi va foydalanilayotgan kalibrlash protseduralari validatsiya qilinganligini isbotlaydi. Ushbu tadqiqot ishi Moldova Respublikasi Milliy Metrologiya Instituti va O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti o‘rtasida otsilogrofni kalibrlash sohasidagi natijalar ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan. Laboratoriyalararo solishtirish 2022- va 2023-yillar davomida ISO/IEC 17043 ga muvofiq amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi.