ASINXRON MOTOR REAKTIV QUVVATI NAZORATI VA BOSHQARUVI UCHUN TOK O‘ZGARTKICHINING AMALIY TADQIQI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada uch fazali sinxron motorlarning reaktiv quvvatini
nazorat qilish va boshqarish tizimlari uchun ishlab chiqilgan tok o‘zgartkichining
amaliy tadqiqot natijalari va tahlillari keltirilgan. Asinxron motorlar jadal
rivojlanayotgan energetika sohasida eng ommaviy va samarali elektr mashinalari
hisoblanadi. Ularning samaradorligi va ishlashini optimallashtirish, shuningdek,
reaktiv quvvatni minimizatsiya qilish muhim muammolardan biridir. Ushbu
tadqiqotda asinxron motorlar uchun reaktiv quvvatni nazorat qilish va boshqarish
tizimlarini ishlab chiqish hamda ularning tok o‘zgartgichi orqali amaliy
tekshiruvlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi asinxron motorlar
ishlayotganda, reaktiv quvvatni to‘g‘ri nazorat qilish va boshqarish orqali elektr
tizimlari samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion tizimlar ishlab
chiqishdir. Shundan kelib chiqib, tok o‘zgartgichi orqali asinxron motorning reaktiv
quvvatini monitoring qilish va uni kamaytirish bo‘yicha amaliyotdagi usullar
hamda algoritmlar sinab ko‘rilgan. Tadqiqotda elektron tizimlar va modullar,
shuningdek, asinxron motorning ishlash xususiyatlari haqida keng ma’lumotlar
keltirilgan. Tok o‘zgartgichining ishlash prinsiplari, ularning reaktiv quvvatni
boshqarishdagi ahamiyati va amaliy natijalar o‘rganilgan. Asosiy e’tibor reaktiv
quvvatning kamaytirilishi va elektr energetika tizimining umumiy samaradorligini
oshirishga qaratilgan. Amaliyotdagi natijalar asosida ishlab chiqilgan tizimning
samaradorligi va uning real sharoitlardagi ishlash imkoniyatlari baholangan.
Mazkur tadqiqot asinxron motorlar va tok o‘zgartgichlar bilan bog‘liq innovatsion
qarorlarning tarkibiy qismlari hamda ularning elektr tizimlariga kerakli
ta’sirini aniqlashga imkon beradi. Yakunda optimizatsiya va ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi texnologiyalar va tavsiyalar taklif
qilingan.

How to Cite

Maxsudov Moxirbek Tolibjonovich. (2025). ASINXRON MOTOR REAKTIV QUVVATI NAZORATI VA BOSHQARUVI UCHUN TOK O‘ZGARTKICHINING AMALIY TADQIQI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(3), 29–38. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/598
Ko'rishlar soni: 0