ASINXRON MOTOR TIRSAK QISMIDAGI SOCHILMA MAGNIT MAYDONINI HISOBLASH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada umumiy sanoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan
qisqa tutashgan rotorli asinxron motor rotor chulg‘amining tirsak qismidagi
sochilma magnit maydonini hisoblash va uni imitatsion model orqali tahlil
qilish masalasi yoritilgan. Tadqiqot predmeti sifatida sochilma magnit maydoni
o‘zgaruvchanligi, mavzusi sifatida esa uning matematik modeli va tajriba natijalari
bilan solishtirilishi tanlangan. Ishning dolzarbligi asinxron motorlar ishlashidagi
nosozliklarni erta aniqlashda sochilma magnit maydon diagnostikasining muhim
ahamiyatga egaligi bilan izohlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – tirsak
qismlardagi magnit maydonlarni aniqlash va aniqlik darajasi yuqori bo‘lgan
model orqali ularni taqqoslashdir. Metod sifatida MATLAB Simulink muhitida
qurilgan ortogonal koordinatalar (dq) asosidagi matematik model hamda
tajriba o‘lchovlari qo‘llangan. Olingan natijalar havo oralig‘idagi magnit maydon
amplitudalarining tajriba va model orasidagi o‘rtacha farqi 4,37 %ni tashkil
etganini ko‘rsatadi. Bu esa modelning adekvatligini isbotlaydi. Tadqiqot natijalari
diagnostika qurilmalari yaratishda, ayniqsa, podshipnik va fazaviy nosozliklarni
aniqlashda amaliy qo‘llanishi mumkin. Yakuniy xulosa sifatida taklif etilgan qurilma
va model yordamida asinxron motorning ish holatini aniqlash imkoniyatlari
kengaytirilganligi qayd etilgan.

How to Cite

Nizamov Jasurbek Abdushukurovich, & Boixanov Zailobiddin Urazali o‘g‘li. (2025). ASINXRON MOTOR TIRSAK QISMIDAGI SOCHILMA MAGNIT MAYDONINI HISOBLASH . ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(3), 39–50. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/599
Ko'rishlar soni: 0