GAZNI OLTINGUGURTDAN TOZALASH JARAYONI UCHUN KATALIZATORLAR SINTEZI VA ULARNING TADQIQI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada himoya qatlami katalizatorlari sintezi bo‘yicha mavjud xomashyolardan foydalangan holda, katalizatorlar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishga doir tajribalar natijalari muhokama qilingan. Himoya qatlami katalizatorlarini sintez qilish uchun Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishlab chiqarishida polietilen eritmasini tozalash jarayonida qo‘llangan alyuminiy oksidli adsorbentini qayta ishlash natijasida olingan alyuminiy gidroksidining psevdobemit modifikatsiyasi ishlatilgan. Bir qator qiyosiy tahlillar natijasida alyuminiy oksidli chiqindilarni qayta ishlab olingan psevdobemit asosida sintez qilingan himoya qatlami katalizatorlari mustahkamlik mezoniga to‘liq javob berishi, SO2 va H2 S ning Muborak gazni qayta ishlash zavodiga xos nisbatda o‘zaro ta’sirida vodorod sulfid va boshqa zararli qo‘shimchalardan gaz oqimini neytrallash jarayoni uchun zarur bo‘lgan fizik-kimyoviiy xususiyatlarga ega ekanligi aniqlandi. Oltingugurt ishlab chiqarishda yuqori faollik va selektivlik Klaus jarayoni katalizatorlarida kuzatildi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Isayeva, N., Mansurova , M., Teshabayev , Z., Yalg‘ashev , E., Annenkova , A., & Iskandarov , N. (2022). GAZNI OLTINGUGURTDAN TOZALASH JARAYONI UCHUN KATALIZATORLAR SINTEZI VA ULARNING TADQIQI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 5(1), 139–149. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/6
Ko'rishlar soni: 28

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari