O‘ZBEKISTONDA FAKTORING AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBANING O‘RNI
Abstrakt
Dunyo tajribasidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, mamlakatning xalqaro bozorlarga chiqishi hamda eksport ko‘lamini rivojlantirishi yo‘lida faktoringning roli beqiyos hisoblanadi. Bu borada har bir mamlakatning faktoring bilan shug‘ullanadigan tijorat banklari, kompaniyalar va tashqi faktoring Assotsiatsiyalari bilan bevosita hamkorlik qilishi ichki (milliy) va tashqi faktoring rivojlanishidagi muhim qadamlardan biridir. Mamlakatimizda faktoring operatsiyalarini rivojlanti rishda xalqaro amaliyotning roli beqiyos. Xususan, faktoring bo‘yicha yirik kompaniya (assotsiatsiya)lar bilan hamkorlik qilish bu borada mavjud muammolarga yechim sifatida xizmat qilishi lozim. Tahlil natijalarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, 2007–2009 yillardagi Jahon moliyaviy inqirozi, 2014–2016 yillardagi neft narxi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarning tushib ketishi faktoring operatsiyalarining butun dunyo bo‘yicha o‘sishiga sezilarli ta'sir qilmagan. Lekin 2019 yilda boshlangan SARS-Cov-19 pandemiyasi faktoring operatsiyalarining keskin pasayishiga olib kelgan. Mazkur maqolada faktoring bo‘yicha xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, qolaversa, mamlakatimiz tijorat banklarining xalqaro faktoring kompaniyalar bilan integratsiyalashuvi jarayoni va dunyo faktoring aylanmasi tahliliy nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi. Maqolada dunyoda faktoring rivojlanishiga ijobiy ta'sir qilayotgan faktoring assotsiatsiyalar, faktoring amaliyotining oxirgi o‘n bir yillik tahlilidan kelib chiqib, O‘zbekistonda faktoring rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar va ularning yechimlari haqida xulosa va takliflar keltirildi.