TEXNIK KOGNITIV TIZIMLAR UCHUN KVANT GENETIK ALGORITMLAR ASOSIDA MOSLASHUVCHAN BOSHQARUV MODELINI ISHLAB CHIQISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Hozirgi kunda ishlab chiqarish tizimlarida energiya resurslarini
samarali ishlatish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va tizimlarning
noaniqlik va o‘zgaruvchanlik sharoitida moslashuvchanligini ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish liniyalari va texnik tizimlar ko‘p holatlarda
tasodifiy ta’sirlarga uchraydi, bu esa ularning samaradorligi va mahsulot sifatini
pasaytirishi mumkin. Shuningdek, tizimning tez va samarali qaror qabul qilish
qobiliyati, resurslarni optimallashtirish, vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan
o‘zgarishlarga moslashish zarurati mavjud. Ushbu muammolarni yechish
uchun texnik kognitiv tizimlar asosida kvant genetik algoritmlar yordamida
moslashuvchan boshqaruv modeli taklif etildi. Kvant hisoblash va genetik
algoritmlar yordamida tizimlar optimallashtiriladi, bu esa ishlab chiqarish
jarayonlari samaradorligini oshiradi. Model ko‘p o‘lchamli tizimlarda energiya
resurslarini tejash va qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi.
Natijada ishlab chiqarish tizimlari yanada samarali va moslashuvchan bo‘lib,
mahsulot sifatini yaxshilash hamda resurslardan maksimal darajada foydalanish
imkonini beradi.

How to Cite

Yakubova Noilaxon Sobirjonovna. (2025). TEXNIK KOGNITIV TIZIMLAR UCHUN KVANT GENETIK ALGORITMLAR ASOSIDA MOSLASHUVCHAN BOSHQARUV MODELINI ISHLAB CHIQISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(3), 51–60. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/600
Ko'rishlar soni: 0