FOTOELEKTRIK ENERGIYA TIZIMINI NOANIQ MANTIQLI BOSHQARUV ORQALI MODELLASHTIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada ikki tomonlama DC-DC konvertor asosida
fotoelektrik tizimlar samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Unda
noaniq mantiq va neyron tarmoq tizimiga asoslangan ANFIS algoritmi yordamida
fotoelektrik tizimni boshqarish usuli taklif etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi
energiya oqimini optimallashtirish, tizimning kuchlanish barqarorligini oshirish
va tok tebranishlarini kamaytirish orqali batareyaning zaryadlanish jarayonini
samarali boshqarishdan iborat. Modelda ikkita muhim omil – vaqt va atrof-
muhit harorati hisobga olinadi, chunki ushbu parametrlar quyosh panellari
samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot MATLAB/Simulink muhitida
simulyatsiya asosida amalga oshirildi. Taklif etilgan boshqaruv algoritmi
samaradorligi an’anaviy usullar bilan solishtirildi va natijada tizimning dinamik
barqarorligi sezilarli darajada yaxshilandi. ANFIS algoritmi fotoelektrik tizimda
energiya oqimini boshqarishni avtomatlashtirishga yordam beradi, bu esa
ishlab chiqarilgan elektr energiyasi sifatini oshirishga xizmat qiladi. Olingan
natijalar qayta tiklanuvchi energiya tizimlarida, ayniqsa, past kuchlanishli elektr
tarmoqlariga ulangan quyosh fotoelektrik tizimlarini boshqarishda qo‘llanishi
maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot natijalari ikki tomonlama DC-DC konvertor
bilan ta’minlangan fotoelektrik tizimlar samaradorligini oshirishda innovatsion
yondashuv sifatida e’tirof etilishi mumkin.

How to Cite

Begmatova Muxlisaxon Mutalibjon qizi. (2025). FOTOELEKTRIK ENERGIYA TIZIMINI NOANIQ MANTIQLI BOSHQARUV ORQALI MODELLASHTIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(3), 71–80. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/602
Ko'rishlar soni: 5