SUG‘ORISH TIZIMLARINI TOZALASHNING GIDROMEXANIZATSIYA USULI TADQIQI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada sug‘orish tizimlarini loyqa-cho‘kindilardan
tozalashga doir olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilingan. Scopus va Web of
Science ma’lumotlar bazasida chop etilgan respublika va xorijlik olimlarning
ilmiy ishlari “VOSviewer” dasturi yordamida analitik jihatdan o‘rganilgan.
Shuningdek, suv, oqiziq va havo aralashmasidan iborat oqim xususiyatlarini
inobatga olgan holda, maxsus qurilma yordamida tozalash jarayonining
gidravlik modeli hamda uning gidravlik parametrlari bayon etilgan.
Laboratoriya va sug‘orish tizimlari sharoitida olib borilgan tadqiqotlar asosida
to‘plangan ma’lumotlar matematik statistika uslublaridan foydalangan
holda tahlil etilgan (korrelyatsiya koeffitsiyenti R=0.96). Tadqiqot natijasida
qurilmaning napor va sarf xarakteristikalari ishlab chiqilgan hamda
gidropnevmatik qurilmadan foydalanish imkoniyatlari asoslab berilgan. Dala
sharoitida o‘tkazilgan tajribalar natijasida o‘rtacha oqiziq tarkibi quyidagicha
taqsimlanishi aniqlangan: zarrachalarning 65,3 % qismini diametri 0,05-0,01
mm bo‘lgan, 24,7 % qismini esa diametri 0,1–0,05 mm bo‘lgan zarrachalar
tashkil etadi. Iyun oyiga kelib, ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 47,8 % va
36,8 %ga o‘zgarishi kuzatildi.

How to Cite

Melikuziyev Sarvarbek Maxmud o‘g‘li. (2025). SUG‘ORISH TIZIMLARINI TOZALASHNING GIDROMEXANIZATSIYA USULI TADQIQI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(3), 96–107. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/604
Ko'rishlar soni: 38