ILMMETRIYA KO‘RSATKICHLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH TAMOYILLARI
Abstrakt
Mazkur maqolada “yirtqich jurnal”, “publish or perish” tushunchalari
va ularning kelib chiqishi haqida so‘z yuritilgan. Jurnalning impakt-faktori
va iqtibos koʻrsatkichlari ilmiy faoliyat bilan bevosita aloqador boʻlmagan
koʻplab parametrlarga bogʻliqligi, ularni to‘g‘ri hisoblash uchun ilmmetriya
ko‘rsatkichlaridan samarali foydalanish lozimligi, tadqiqotchilar ilmiy faoliyatining
samaradorligi olib borayotgan tadqiqotlari sifati va natijalari bilan baholanishi
muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, ilmda ilmiy koʻrsatkichlarni sunʼiy ravishda
oshirish, ilmni qalbakilashtirish, ilmiy faollikni sunʼiy kuchaytirish kabi ilmiy
etikaga zid holatlar kuzatilayotganligi, xalqaro akademiyalar tomonidan bu
muammolarni yechish uchun ko‘rilgan choralar keltirilgan.