INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRIShNING EMPIRIK TAHLILI
Abstrakt
Ushbu maqolada respublika miqyosidagi innovatsion faoliyat va unga ta'sir etuvchi omillar makro darajada tahlil qilingan. Ko‘p omilli regressiya tenglamasidan foydalanib, innovatsion mahsulot, ish va xizmatlar hajmi, natijaviy belgi, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub'ektlari, innovatsion faoliyatga sarf qilingan mablag‘lar qiymati, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanadigan xodimlar soni va joriy qilingan innovatsiyalar soni 2015–2020 yillar kesimida omil belgi sifatida olingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining so‘nggi 5 yillik ma'lumotlaridan foydalanilgan. STATA17 dasturi “tasodifiy ta'sir (Random effect)” modeli asosida tahlil qilingan. Olingan natijalar Trend modeli asosida grafik usulda bashorat qilingan. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, ekonometrik modeldagi o‘zgaruvchilardan tashqari boshqa omillar ta'sirini o‘zgarmas (constant) deb qabul qilib, inflyatsiyani hisobga olmasak, 2025 yilga borib innovatsion mahsulot, ish va xizmatlar hajmi 2020 yilga nisbatan 84,1%, innovatsiyalar soni esa 2,2 baravarga oshishi prognoz qilingan.