PIROLIZ DISTILLYATINI GIDROTOZALASH JARAYONINING OPTIMAL SHAROITLARINI TANLASH VA KATALIZATOR TA’SIRINI O‘RGANISH
Abstrakt
Ushbu maqolada piroliz distillyatini gidrotozalash jarayoni ko‘rib
chiqilgan. Piroliz distillyatining tarkibi va uning �izik-kimyoviy xususiyatlari,
shuningdek, AKM va ANM katalizatorlarining xususiyatlari o‘rganilgan. Gidro-
tozalash jarayonining optimal texnologik parametrlari aniqlangan va muhoka-
ma qilingan. Tadqiqot davomida piroliz distillyatini gidrotozalash uchun quyida-
gi optimal sharoitlar belgilandi: harorat – 400–420 °C, vodorod bosimi – 4 MPa,
vodorod saqlovchi gaz (VSG) sar�i – 200 nm³/m³ xomashyo, undagi vodorodning
hajmiy ulushi – 80 %. Olingan gidrogenizatning element tarkibi tahlil qilindi.
AKM va ANM katalizatorlarining morfologik tuzilishi va element tarkibi skaner-
lovchi elektron mikroskop (SEM) yordamida o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AKM
katalizatorida 23,07 % Al, 2,2 % Co va 6,25 % Mo mavjud. ANM katalizatorida esa
31,5 % Al, 6,97 % Mo va 3,81 % Ni mavjudligi aniqlandi. Ikkala katalizatorlarning
samaradorligi solishtirildi va AKM katalizatori yuqori samaradorlikka ega ekan-
ligi aniqlandi: mahsulotdagi azot miqdori 7,4 % massadan 3,71 % massagacha, oltingugurt miqdori esa 9,24 % dan 1,8 % gacha kamaygan. Olingan gidrogeniza
tni distillash orqali 35–130 °C da qaynaydigan 58 % yengil fraksiya olindi.