TOKARLIK ISHLOV BERISH ORQALI DETALLARNING ANIQLIGINI OSHIRISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada zamonaviy mashinasozlik sohasida detallarni
yuqori aniqlikda va sifatli qilib ishlab chiqarish masalalari yoritilgan. So‘nggi
yillarda kompozit materiallarning mashinasozlikda qo‘llanishi kengayib bormoqda.
Ularning yengil vazni, yuqori mustahkamligi, korroziyaga chidamliligi va
yeyilishga bardoshliligi tufayli kompozitlar an’anaviy metallarga nisbatan ko‘proq
afzalliklarga ega. Bu materiallar mashina va mexanizmlarning turli qismlarida,
xususan, tana qoplamalari, qanotlar, ichki struktura elementlari, g‘ildirak va
osma tizimlarda keng qo‘llanmoqda. Ushbu maqolada kompozit materiallardan
tayyorlangan detallarning ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy-amaliy yechimlar bayon etilgan. Asosan, kompozit materiallardan
tayyorlangan detallarni yo‘nish jarayonlarida ishlov unumdorligi va sirt
sifatini oshirish yo‘llari tadqiq etilgan. Kompozit materiallarning fizik-mexanik
xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni kesuvchi asboblar bilan ishlov berishda
yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
Xususan, kesish maromlarini o‘zgartirish orqali istiqbolli yo‘nish usullari ishlab
chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Ushbu usullar yordamida ajralib chiqayotgan
qirindilarni maydalash va ularni tezkor olib tashlash imkonini beruvchi samarali yechimlar taklif qilindi. Shuningdek, kesish jarayonining detal aniqligi va sirt sifati bilan o‘zaro bog‘liqligini aks ettiruvchi matematik model ishlab chiqildi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan stanoklar uchun taklif etilgan yo‘nish algoritmlari ularning avtomatlashtirilgan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

How to Cite

Husanov Yunusali Yuldashaliyevich, & O‘lmasov Ahadjon Akramjon o‘g‘li. (2025). TOKARLIK ISHLOV BERISH ORQALI DETALLARNING ANIQLIGINI OSHIRISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(4), 38–48. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/616
Ko'rishlar soni: 62