MOBIL FOTOISSIQLIK QURILMANING ELEKTR VA ISSIQLIK SAMARADORLIGINI TAJRIBAVIY TADQIQ QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan talab ortib
borayotganligi sababli quyosh energiyasi asosida ishlovchi energetik
qurilmalardan integratsiyalashgan holda foydalanish istiqbolli yechim
hisoblanadi. Ammo bu odatiy fotoelektr batareyalar ularga tushayotgan
nurlanishning atigi 15–20 % qismini foydali energiyaga aylantirib berganligi
sababli hozirda dunyo olimlari tomonidan ushbu panellarning ish faoliyatini
yaxshilash va quyosh nurlanish oqim zichligidan foydalanib, yuqori energiya
samaradorlikka erishish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu tajribaviy tadqiqot ishida avtonom energiya ta’minot tizimiga ega mobil fotoissiqlik qurilmaning dizayni, suv asosida modul sirtining sovitish tizimini sinovdan o‘tkazish orqali elektr energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalari bayon qilingan. Shuningdek, maqolada tajriba natijasida olinadigan elektr va issiq suv energiyasini hisoblash formulalari, qisqa tutashuv toki va salt yurish kuchlanishi, quyosh nurlanish oqim zichligi va atrof-muhit harorati kabi parametrlarning vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarish
grafiklari keltirilib, tahlil qilingan. Bundan tashqari, ushbu tajribaviy-tadqiqot
ishida markazlashgan energiya ta’minotidan uzoqda joylashgan aholi va ko‘chma faoliyat olib boradigan ijtimoiy soha obyektlarini kichik quvvatli elektr energiya va issiq suv ta’minotiga mo‘ljallangan 600 W quvvatga ega hamda foydali yuzasi 3,25 m2 bo‘lgan fotoissiqlik qurilmasida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarining
natijalari keltirilgan. Unga ko‘ra, tajriba qurilmasida quyosh nurlanish oqim
zichligi miqdorini oshirish uchun qo‘shimcha reflektorlardan foydalanish orqali sirtga tushayotgan quyosh nurlanish oqimi miqdori 1,8–2,0 barobarga oshgan
hamda mobil fotoissiqlik qurilmasining kollektorida ishchi jism sifatida suvdan foydalanish orqali panel yuzasi harorati 1,2–1,5 marotabagacha pasaytirilgan.
Tajriba natijalariga ko‘ra, avtonom energiya ta’minotiga ega mobil fotoissiqlik qurilmasining elektr energiyasi berish samaradorligi o‘rtacha 14,3 %, issiqlik energiyasi samaradorligi esa o‘rtacha 73 %ni tashkil etadi. 

How to Cite

Raxmatov Anvar Raxmat o‘g‘li, Shog‘o‘chqorov Sanjar Qodir o‘g‘li, & Halimov Akbar Sodiqovich. (2025). MOBIL FOTOISSIQLIK QURILMANING ELEKTR VA ISSIQLIK SAMARADORLIGINI TAJRIBAVIY TADQIQ QILISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(4), 74–88. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/618
Ko'rishlar soni: 1

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari