TUT IPAK QURTI PILLALARIGA DASTLABKI ISHLOV BERUVCHI QUYOSH QURILMASINING ISHONCHLILIGINI TADQIQ ETISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Texnik tizimlardagi buzilishlar texnikaning o‘ziga zarar yetkazadi
hamda iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi. Ishonchlilik barcha avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimlarining asosiy muammosidir. Mahsulot ishonchliligiga texnologik
omillarning ta’sirini o‘rganish va ularni bartaraf etish muhim masalalardan
hisoblanadi. Har qanday yangi qurilmani loyihalashda uning ishonchliligini
baholash ushbu qurilma xarajatlarining o‘zini oqlash-oqlamasligini aniqlovchi
muhim ko‘rsatkichdir. Ushbu maqola tut ipak qurti pillalariga dastlabki ishlov
beruvchi quyosh qurilmasining ishonchliligini baholash orqali amaliy muammoni
hal qilishga qaratilgan. Qurilma ipakchilik sohasida muhim o‘rin tutadi va uning
ishonchliligi bevosita iqtisodiy samaradorlikka ta’sir ko‘rsatadi Ishonchlilikni
baholashda eksponensial qonun va matematik modellashtirish usullaridan
foydalanilgan. Qurilma elementlarining ishdan chiqish intensivligini hisoblashda
turli koeffitsiyentlar e’tiborga olingan bo‘lib, bu hisob-kitoblarni real sharoitlarga
yaqinlashtiradi. Issiqlik va elektr yuklamasi kabi omillar qurilma ishonchliligiga
ta’sir qiluvchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida aniqlangan. Tadqiqot natijalari
qurilma dizaynini yaxshilash uchun yuqori sifatli issiqlikdan izolyatsiyalovchi
materiallardan foydalanish, quyosh panellarining chidamliligini oshirish va
avtomatik harorat-namlik nazorati tizimlarini joriy etish kabi aniq tavsiyalar
beradi.

How to Cite

Mirsaatov Ravshanbek Muminovich, Xudoyberganov Sardorbek Baxodirovich, & Sultanxodjaeva Gulnoza Shuxratovna. (2025). TUT IPAK QURTI PILLALARIGA DASTLABKI ISHLOV BERUVCHI QUYOSH QURILMASINING ISHONCHLILIGINI TADQIQ ETISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(4), 89–102. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/620
Ko'rishlar soni: 0