JUN TOLASI ARALASH IPLAR OLISH UCHUN XOMSHYO SIFATIDA
Abstrakt
Ushbu maqolada jun tolalari va bikomponent ip olish uchun
xomashyo xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada asosiy e’tibor tо‘quv va
trikotaj mahsulotlari uchun yangi turdagi iplar ishlab chiqarishni kо‘paytirish
masalasiga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi ipak va jun tolalarini texnologik
parametrlari bо‘yicha tanlab olib, bikomponentli ip ishlab chiqarishdan
iborat. Yigirilgan ip sifati tolalarning ingichkaligi, ifloslik va toza tola chiqish
darajasiga bog‘liq bo‘lib, ushbu kо‘rsatkichlar tajribalar orqali aniqlangan.
Shuningdek, maqolada xomashyo sifatida foydalanilgan tо‘rt xil dag‘allikdagi
jun tolalarining yuvishdan keyingi xususiyatlari o‘rganilgan. Jun tolalarining
shtapel uzunligi va ipak tolalari bilan aralashtirish uchun mosligi ko‘rib
chiqilgan. Tolalar ulushining ip mustahkamligiga ta’siri nazariy jihatdan
hisoblangan. Aniqlanishicha, past chiziqli zichlikka ega bо‘lgan tabiiy ipak jun
tolalari orasidagi ishqalanish kuchlarini oshiradi va ulardan tayyorlangan
mahsulotlarga ipaksimon yaltiroq tashqi kо‘rinish beradi. Yigirilgan ip tarkibida
ipak tolalar ulushining optimal qiymati uning mustahkamligiga bog‘liq holda
aniqlandi.