UYURMALI APPARATLAR SAMARADORLIGINING EKSPERIMENTAL TADQIQOTLARI VA SANOAT SINOVLARI NATIJALARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada sanoat chiqindi gazlarini tozalashda
qo‘llanayotgan uyurmali apparatlar samaradorligi, konstruksiyaviy afzalliklari
va ularning ilmiy-tadqiqot hamda sanoat sinovlaridan olingan natijalari
yoritilgan. Navoiy viloyatidagi ekologik muammolarni hal etish maqsadida
ishlab chiqilgan texnologik yechimlar asosida chiqindi gazlardan chang,
zaharli gazlar va ortiqcha issiqlik ajratib olish imkonini beruvchi uyurmali
qurilmalarning modellari ishlab chiqilgan hamda keng ko‘lamli sinovlardan
o‘tkazilgan. Tadqiqotlar davomida gaz va suyuqlik fazalarining turli holatdagi
harakati, markazdan qochma kuchlar yordamida amalga oshirilgan modda
va issiqlik almashinuvi, gazlarni karbonat angidrid gazidan tozalash, quritish
jarayonlari hamda sovitish va isitish jarayonlarining intensivligi tahlil qilingan.
Uyurmali apparatlar orqali jarayonlar tezligi 4–10 martagacha oshishi, energiya
tejamkorligi 2–3 baravar yaxshilanishi va gidravlik qarshilikning nisbatan past
bo‘lishi tajribalar asosida aniqlangan. Qurilmalar oddiy va ixcham tuzilishga ega
bo‘lib, ekspluatatsiya qilishda kam xarajat talab etadi. Shuningdek, gazlarning
suyuqliklar bilan kontaktlashuvi asosida issiqlik almashinuvi va absorbsiyalash
jarayonlari samaradorligi ham yuqori ekanligi eksperimental isbotlandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu qurilmalar changni 99 %gacha, zaharli
gazlarni esa 90–98 %gacha samarali ushlab qoladi. Maqolada keltirilgan ilmiy
asoslangan yondashuvlar uyurmali apparatlarning mahalliy va xalqaro sanoat
tarmoqlarida keng joriy etilish imkoniyatini tasdiqlaydi. Xulosa sifatida uyurmali
texnologiyalar ekologik xavfsizlikni ta’minlashda istiqbolli yechim sifatida
tavsiya etiladi.

How to Cite

Axmatov Abdumalik Abduvaxob o‘g‘li. (2025). UYURMALI APPARATLAR SAMARADORLIGINING EKSPERIMENTAL TADQIQOTLARI VA SANOAT SINOVLARI NATIJALARI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(5), 32–43. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/632
Ko'rishlar soni: 8