YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH UCHUN REAL VAQT REJIMIDA ALKOGOLNI ANIQLASH VA DVIGATELNI BLOKLASH TIZIMI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur loyiha bitiruv ishi sifatida amalga oshirilib, alkogol ta’siri
ostida transport vositasini boshqarishdan kelib chiqadigan yo‘l-transport hodisalari
va zararni kamaytirishga qaratilgan. Tizim Arduino Uno3 mikrokontrolleri asosida
ishlab chiqilgan bo‘lib, u haydovchi nafasidan namunani tahlil qiluvchi alkogol
sensori bilan bog‘langan. Agar alkogol aniqlansa, avtomobil dvigateli avtomatik
ravishda o‘chiriladi hamda atrofdagilarni ogohlantirish va xavfning oldini olish
maqsadida favqulodda signal beriladi. Alkogol sensori rulga joylashtirilgan
bo‘lib, belgilangan me’yordan yuqori darajada aniqlanganda, yondirish
(зажигание) tizimi bloklanadi. Arduino sensor ma’lumotlarini uzluksiz nazorat
qiladi va dvigatelni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka mexanizmini
faollashtiradi. Bu esa avariya, jarohatlar va moddiy zararlar xavfini kamaytirishga
xizmat qiladi.

How to Cite

Karimov Mustafo Aminboyevich, & Berdiyev Usmon Tolib o‘g‘li. (2025). YO‘L-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISH UCHUN REAL VAQT REJIMIDA ALKOGOLNI ANIQLASH VA DVIGATELNI BLOKLASH TIZIMI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(5), 57–64. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/635
Ko'rishlar soni: 5