PIVO ISHLAB CHIQARISH JARAYONI UCHUN MODEL ASOSIDAGI BASHORATLI BOSHQARUV TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Abstrakt
Ushbu ishda pivo ishlab chiqarishda zator tayyorlash jarayoni
bosqichida haroratni aniq boshqarish uchun model asosidagi bashoratli
boshqaruv (MPC) tizimini ishlab chiqish va baholash taqdim etilgan. Zator
tayyorlash jarayoni fermentlar faolligini optimal darajada ta’minlash, maksimal
shakar hosil bo‘lishi va mahsulot sifati barqarorligini saqlash uchun qat’iy
harorat profilini talab qiladi. Zator tayyorlash uskunasidagi jarayonning
dinamik matematik modeli issiqlik kirishi va issiqlik yo‘qotishlarini hisobga
olgan holda tuzilgan issiqlik balansi tenglamalariga asoslanadi hamda
boshqaruvchi algoritmning prognozlash yadrosi sifatida xizmat qiladi. MPC
algoritmi ma’lum vaqt oralig‘ida kelajakdagi harorat o‘zgarishlarini bashorat
qiladi va harorat hamda energiya sar�i bo‘yicha texnologik cheklovlarga
rioya qilgan holda optimal isitish qiymatlarini aniqlaydi. Jarayonni aniq
modellashtirish, optimallashtirish va boshqaruv natijalarini vizuallashtirish
maqsadida hisoblash tajribalari Python dasturlash tilida NumPy, Matplotlib va
Control kutubxonalaridan foydalangan holda o‘tkazildi. Natijalar MPC tizimi
maksimal ±0,2 °C harorat og‘ishini ta’minlagani, umumiy issiqlik energiyasi
sarfini taxminan 15 %ga kamaytirgani va buzilishlardan keyin tezroq
tiklanishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar MPC tizimi sanoat zator tayyorlash
jarayonida barqaror va energiya samarali yechim ekanligi, pivo sifatini oshirish
va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.