ZAMONAVIY ISSIQXONALARDA HARORAT VA NISBIY NAMLIKNI BOSHQARISHDA TIZIMNI IDENTIFIKATSIYALASH ASOSLARI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqlim sharoitida issiqxonada harorat
va nisbiy namlik parametrlarini samarali boshqarish maqsadida tizimni
identifikatsiyalash masalasi chiziqli ARX (AutoRegressive with eXogenous input)
modeli asosida tadqiq etilgan. Mazkur tadqiqot ishida real vaqtli eksperimental
o‘lchovlar asosida mikroiqlim parametrlari dinamikasini ifodalovchi matematik
model qurish hamda ushbu model negizida avtomatik boshqaruv tizimining ilmiy
asoslarini ishlab chiqish maqsad qilingan. O‘zbekistonda issiqxonalarning keng
joriy etilishi, agrotexnologik jarayonlarning barqarorligini ta’minlash, energiya
va suv resurslaridan tejamkor foydalanish hamda global iqlim o‘zgarishlariga
moslashish zaruriyati ushbu tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot
metodologiyasi sifatida ARX model strukturasini tanlash, parametrlarni baholash
va modelning adekvatligini tekshirishda MATLAB Toolbox vositalaridan
foydalanildi. Olingan natijalar mikroiqlim parametrlarini aniq boshqarishga
qaratilgan zamonaviy regulyatorlar ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy asos
yaratadi. Modelning hisoblashdagi soddaligi, tezkorligi va real vaqtli tizimlarga
integratsiyalash imkoniyati uni amaliy sharoitlarda, xususan, O‘zbekiston
issiqxonalarida samarali qo‘llash imkonini beradi. Chiziqli ARX modelidan
foydalanish issiqxonalarda harorat va namlikni avtomatik boshqarish tizimlarining
aniqligi hamda ishonchliligini oshirishda samarali yechim bo‘lishi asoslab berilgan.

How to Cite

Abdullayev Abdushukur Xamidovich, & O‘raqov Eldor Erkin o‘g‘li. (2025). ZAMONAVIY ISSIQXONALARDA HARORAT VA NISBIY NAMLIKNI BOSHQARISHDA TIZIMNI IDENTIFIKATSIYALASH ASOSLARI . ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(5), 76–89. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/637
Ko'rishlar soni: 8