AMUDARYODAN AMU BUXORO MASHINA KANALIGA SUV OLISH HUDUDIDA OʻZAN JARAYONLARI DINAMIKASI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

O‘zandagi jarayonlarni monitoring qilish va bashoratlash
muammosini hal etishning dolzarbligi shundaki, bugungi kungacha nazariy
tadqiqotlar yakuniga yetmagan va ular oqimlarning gidravlik nazariyasi hamda
morfologik jihatlarini o‘rganishni uyg‘unlashtirish orqali rivojlantirishni talab
etadi. Ayniqsa, dunyodagi loyqa cho‘kindilar ko‘p hisoblangan Amudaryoda
yildan yilga daryo o‘zanini loyqa bosishi va ko‘tarilishi davom etmoqda, bu
esa o‘zan deformatsiyasiga olib keladi hamda daryo o‘zanida joylashgan
gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu
maqolada Amudaryoning oʻrta oqimidagi oʻzan jarayonlari masofaviy zondlash
ma’lumotlaridan foydalangan holda oʻrganildi. Bunda daryo oʻzanini xaritalash
uchun Google Earth Engine platformasi va Landsat sun’iy yoʻldosh tasvirlaridan
foydalanildi. Daryodan Amu Buxoro mashina kanaliga suv olish zonasida daryo
oʻzanining oʻzgarishi tahlil qilindi. Shuningdek, Amudaryodan ABMKga olingan
uzoq yillik suv miqdori o‘rganildi. So‘nggi uch yillik ma’lumotlar tahlili bo‘yicha
esa maksimal olingan suv miqdori 2025-yilning iyun oyiga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.
ABMK suv olish hududida oʻzan relyefi va morfologiyasini aniqlash ishlari stvorlar
kesimida olib borildi. Tahlillarda daryo o‘zanida chuqurlik va kenglik bo‘yicha
deformatsiyalar tez sodir bo‘lishi kuzatildi. Amudaryoning o‘rta oqimida qirg‘oq
yuvilishida oqim tezligi 2 m/s gacha kuzatilgan va yuvish sikli 10–60 m, chuqurligi
esa 5–10 m ni tashkil etgan.

How to Cite

Ikromov Otabek Erkinjon oʻgʻli. (2025). AMUDARYODAN AMU BUXORO MASHINA KANALIGA SUV OLISH HUDUDIDA OʻZAN JARAYONLARI DINAMIKASI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 8(5), 118–127. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/641
Ko'rishlar soni: 10