XOM IPAKNI QAYTA ISHLASHNING YANGI USULI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Mazkur maqolada xom ipakni qayta o‘rash uchun ishlatilayotgan emulsiyalash usuli o‘rniga vakuum bug‘lab ishlov berish usuli to‘g‘risida maʼlumotlar keltirilgan. Buning uchun zamonaviy SC-750 seriyali vakuum bug‘lash dastgohidan foydalanilgan hamda xom ipakning yopishganlik darajasiga bog‘liq holda ratsional ishlov berish rejimi keltirilgan. Xom ipakni eshish jarayoniga tayyorlashda yelimlangan qismlarni yumshatishning yangi qisqartirilgan texnologiyasi taklif qilingan. Yangi usul bo‘yicha xom ipak kalavasidagi zo‘riqish yo‘qotilgandan so‘ng umumiy assortimentlarda nisbiy mustahkamlik 6-7% yaxshilangan, qayta o‘rash jarayonidagi uzilishlar deyarli 25% kamaygan. Ishlov berish davomiyligi ho‘llash usuliga nisbatan 6 martaga, purkash usuliga nisbatan esa 12 martaga, texnologik jarayonlar mos ravishda 4 va 2 o‘timga qisqargan.

Mualliflar haqida

How to Cite

Alimova , H., Axmedov , J., Tursunov , T., & Sobirov , Q. (2021). XOM IPAKNI QAYTA ISHLASHNING YANGI USULI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(5), 93–101. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/72
Ko'rishlar soni: 47