INSTITUTSIONAL MUHIT YARATISH – ILMIY FAOLIYAT VA INNOVATSIYAGA MOTIVATSIYANI KUCHAYTIRISHNING ASOSI
Abstrakt
Mazkur tadqiqot predmeti innovatsion rivojlanishni amalga oshirishda salohiyatli kadrlarning ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga motivatsiyaning ta'sirini o‘rganishdir. Tadqiqotning maqsadi jahon miqyosida bilimga intilish jarayonlarini o‘rganish, global indeks ko‘rsatkichlari orqali O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari orasida tutgan o‘rni, ijobiy natijalari va kamchiliklarini aniqlash; salohiyatli kadrlar, jumladan, yoshlarning ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun motivatsiyani kuchaytirishning ahamiyatini tadqiq qilish; e'tiborni global indekslarda yuqori o‘rin olishga emas, balki erishiladigan natijalarga qaratish, natijalar esa, eng avvalo, ilmiy tadqiqot olib borish natijalari bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdir. Tadqiqot natijasida salohiyatli kadrlarning ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlaridagi asosiy to‘siqlar, ularning asosiy qismi bartaraf etilishi, yoshlarning kelajakda ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyatni tanlashlarida qanday o‘zgarishlar yuz bergani Toshkent moliya instituti magistrlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada aniqlandi. Motivatsiya yaratishda rasmiy institutlar, jumladan, davlat tomonidan yaratilgan institutsional muhit o‘zgarishlarning negizi sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan. Olingan natijalarga muvofiq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.