GIPOTIREOZLI BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNING QALQONSIMON BEZ FUNKTSIONAL HOLATI VA KASALLIK DAVOMIYLIGIGA BOG‘LIQLIGI

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Ushbu tadqiqotda qalqonsimon bez faoliyati pasaygan yosh va o‘rta yoshli bemorlarda kognitiv qobiliyatlar o‘rganildi. Kognitiv buzilishlarning gipotireozning og‘irlik darajasi va kasallik tarixi davomiyligiga bog‘liqligini aniqlash tadqiqotning maqsadi edi. Qalqonsimon gormonlarning metabolizmi va inson miyasiga ta'sirini tushunishdagi yutuqlarga qaramay, gipotireozdagi psixonevrologik buzilishlar qaytariluvchi ekanligi haqidagi ilmiy bahslar hali davom etmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda, bolalarda, qariyalarda, shuningdek, insult, miokard infarkti, surunkali miya ishemiyasi, metabolik sindrom va boshqa patologiyalar mavjud bo‘lganda, psixonevrologik buzilishlar va gipotireoz sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ammo boshqa patologiyani hisobga olmagan holda, yosh va o‘rta yoshli bemorlarda gipotireoz holatida neyropsixologik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Gipotireoz sindromi biokimyoviy tahlillar bilan tasdiqlangan 61 ta bemorda neyropsixologik tekshiruvlar o‘rin bosuvchi terapiyadan oldin va keyin o‘tkazildi. Bemorlar gipotireozning og‘irlik darajasi va kasallikning davomiyligiga ko‘ra tadqiqot guruhlariga bo‘lingan. Tadqiqot natijalari asosiy guruhdagi bemorlarda kognitiv buzilishlar tarqalishi nazorat guruhidan ko‘ra ustunlik qilayotganini ko‘rsatdi. Qiziqarli tomoni shundaki, har xil turdagi kognitiv funktsiyalar har xil darajada zararlanadi. Olingan natijalarni endokrinologiya, nevrologiya, terapiya, oilaviy shifokorlar amaliyotida, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar o‘quv jarayonida qo‘llash mumkin. Tadqiqot davomida oliy kortikal funktsiyalarning buzilishi gipotireozning og‘irlik darajasi va kasallik davomiyligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proportsional bog‘liq ekanligi, shuningdek, kognitiv funktsiyalarni tiklash uchun o‘rin bosuvchi terapiya yetarli darajada samarador emasligi aniqlandi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Raximbayeva Г., & Rahimberdiyev Ш. (2021). GIPOTIREOZLI BEMORLARDA KOGNITIV FAOLIYATNING QALQONSIMON BEZ FUNKTSIONAL HOLATI VA KASALLIK DAVOMIYLIGIGA BOG‘LIQLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(4), 49–58. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/79
Ko'rishlar soni: 41