MIKRO O‘LCHAMLI TITAN DIOKSIDI KUKUNLARINING SIRT MORFOLOGIYASI VA STRUKTURA XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILISH

TO'LIQ MATN:

Abstrakt

Maqolada skanerli elektron mikroskopiya va Raman spektroskopiyasi usullari bilan titan dioksidi mikro o‘lchamli kukunlarining sirt morfologiyasi va struktura xususiyatlari tadqiq qilingan. Yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlari impuls-davriyli rejimda ishlaydigan mis bug‘laridagi lazerning yashil nuri (λ = 510,6 nm) orqali uyg‘otilgan. Tadqiq qilingan kukunlar sferik shakllardagi ma'lum o‘lchamli (29- 63 mkm) zich qadoqlangan zarrachalar ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Qayd qilingan titan dioksidi kukunlarida yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlari o‘ta katta intensivlikka ega bo‘lib, minirezonatorli kyuvetalarda uyg‘otuvchi nurning qamalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Minirezonatorli kyuvetalar (fotonli tuzoqlar) ichiga joylashtirilgan mikro o‘lchamli titan dioksidlari kukunlarida yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlari intensivliklarining keskin (5-6 tartibgacha) oshib ketishi – kukunlarda “kombinatsion opalestsentsiya” effekti kuzatilgan. Eg1 (144 sm−1) moddada optik fononlarning raman liniyasi intensivligi odatdagi sharoitlar (katta diametrli silindrik kyuvetalar)- da mikro o‘lchamli TiO2 kukunlarida kuzatiladigan yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlari intensivliklariga nisbatan 1000 barobar kuchli bo‘lishi qayd etilgan. Uyg‘otuvchi nurlanishning yorug‘lik kombinatsion sochilish signaliga o‘ta samarali aylanishi sababi fotonli tuzoqda joylashgan dispersli muhitda uyg‘otuvchi nur fotonining katta to‘liq yo‘l bosib o‘tishi bilan bog‘liqligi orqali tushuntirilgan. Minirezonatorlar (fotonli tuzoqlar) asosida yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlari sust signallarini kuchaytirish uchun ishlab chiqilgan ushbu original usul muhim noorganik va organik moddalar kukunlaridagi ikkilamchi nurlanishning sust signallarini qayd etish hamda ko‘p amaliy masalalar yechishda, kimyoviy birikmalarni tahlil etishda zarur bo‘lgan kichik o‘lchamli lazerli analizatorlarni yaratish uchun ulkan istiqbolli imkoniyatlar yaratadi.

Mualliflar haqida

How to Cite

Raxmatullayev И., Tursunkulov О., Nazarov Х., Davronov М., Kurbonov А., Tukfatullin О., & Raxmatullayev М. (2021). MIKRO O‘LCHAMLI TITAN DIOKSIDI KUKUNLARINING SIRT MORFOLOGIYASI VA STRUKTURA XUSUSIYATLARINI TADQIQ QILISH. ILM-FAN VA INNOVATSION RIVOJLANISH, 4(4), 72–83. Retrieved from https://ilm-fan-journal.csti.uz/index.php/journal/article/view/81
Ko'rishlar soni: 15