“ZEROKS”NI TURLI MEYOR MUDDATLARDA VA KO‘CHAT SONIDA G‘O‘ZADA QO‘LLASHNING TOLA SIFATIGA TASIRI
Abstrakt
Maqolada kontaktli va uch yoqlama ta'sir etuvchi “Zeroks” immunostimulyatorini turli me'yor (1 – 2 – 3 l/t; 1 – 2 – 3 l/ga + PAV 0,15l/ga), muddatlarda (ekish oldidan chigitiga ishlov, 2-4 chinbarg chiqarish, shonalash va gullash fazalarida), ko‘chat sonida (80-90; 100-110; 120-130 ming tup/ga) “Buxoro-10” g‘o‘za navida qo‘llashning tola (uzunligi va chiqishiga ) va moydorlik sifatiga ijobiy ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan, yer osti sizot suvlari 2,0-2,5m da joylashgan yer sharoitida olinganligi keltirilgan. “Zeroks” chigitiga ishlov berishda 2 l/t va g‘o‘za vegetatsiya (2-4 chinbarg, shonalash va gullash)sida 2l/ga + PAV 0,15l ga me'yorlarda suspenziyalab, ko‘chat soni 80-90 ming tup/ga qoldirilganda, eng yuqori paxta hosili (52,5 s/ga), tola sifati (uzunligi-35,3 mm; chiqishi -40 %) va chigit moydorligi (22,6 %)ni tashkil etib, shu ko‘chat sonidagi nazoratga nisbatan 11,7 s/ga qo‘shimcha hosil, tolaning sifati (uzunligi 1,1 mm; chiqishi 2,5 %) va chigitning moydorligi 1,5% ga yuqori bo‘lganligi bois agrar sohada qo‘llanilganda, yuqori samaradorlikka erishish mumkin ekanligi bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan.